Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishda litsenziya talab qilinmaydi

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishda litsenziya talab qilinmaydi

Foto: Xabar.uz

«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–721-son, 12.10.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
 
Qonunga muvofiq, ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shug‘ullanishga ruxsat berilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilindi.
 
Shunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishiga oid javobgarlik kiritildi.
 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ham mazkur harakatlar uchun javobgarlik choralari belgilandi.
 
«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi:
 
- tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
 
- dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
 
- dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
 
- dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring