Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor-qidiruv tadbirlarida yangi texnologiyalar qo‘llaniladi

Tezkor-qidiruv tadbirlarida yangi texnologiyalar qo‘llaniladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o‘tkazilishi mumkin bo‘ldi.

«Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring