Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam» xodimi koronavirusga chalingan odamni ko‘rishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

«Tez yordam» xodimi koronavirusga chalingan odamni ko‘rishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

Foto:«Xabar.uz»

23-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda berilgan muhim savollarning ayrimlarini quyida keltiramiz. 

Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmokda?

Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznenniy ob’yem legkix) 20-30% ga kamayishi, shuningdek, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda 2 ta mashhur shifokor koronavirusdan vafot etishdi. Nega bu haqida haligacha xalqqa ma’lum qilinmadi? Nega buni sir saqlayapsizlar?

Darhaqiqat, o‘tgan haftada Qoraqalpog‘istonda ikkita tibbiy xodim: shifokor va hamshira vafot etdi. Bu haqda o‘sha zahoti ushbu ma’lumot olingandan mahalliy televideniye orqali ma’lum qilindi.

Agar tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilganda koronavirus bilan kasallangan bemorni ko‘rishdan bosh tortsa biz kimga va qayerga murojaat kilishimiz kerak?

Tez tibbiy yordam xizmati bemorda qaysi kasallik bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi yordam ko‘rsatishi shart.

Agar bu xizmat tomonidan bemorga yordam ko‘rsatishdan bosh tortilsa hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmalari ishonch telefoni orqali murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring