Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi harbiy mashg‘ulotlarda zirhli texnikalar suv ostida harakatlandi (foto)

Termizdagi harbiy mashg‘ulotlarda zirhli texnikalar suv ostida harakatlandi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Termiz garnizonida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmali batalon taktik o‘quvi unga jalb etilgan harbiy xizmatchilarning erta tongda trevoga signali bo‘yicha harbiy qismdan ko‘tarilishi hamda to‘liq harbiy aslaha va anjomlari bilan jangovar texnikalar vositasida kolonna bo‘lib joylashuv joyiga chiqib ketishi bilan davom ettirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ko‘zda tutilgan manzilga yetib kelgan batalon shaxsiy tarkibi vaqtinchalik joylashuv joyi hozirlab, unda joylashuvni amalga oshirdi. Barchasi real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda kechdi. Jumladan, rejalashtirish va o‘quv uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqish uslubiyoti, boshqaruvni tashkil etish, qo‘riqlov postlari, niqoblanish, ta’minot, harbiy texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi, turli xizmat va punktlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda qator o‘quv nuqtalari barpo etildi.

Mazkur o‘quv nuqtalarida mashg‘ulotga tashrif buyurgan ishtirokchilarga tegishli ma’lumotlar yetkazildi. O‘quv nuqtalariga biriktirilgan harbiy xizmatchilar mavzu yuzasidan tegishli mashqlarni amaliy tarzda ko‘rsatib berishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv-tarbiya jarayonida tatbiq etish mumkin bo‘lgan innovatsion yangilik va ratsionalizatorlik takliflari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring