Tergov departamentida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti, tahliliy boshqarma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Avilov Ulug‘bek Saydullayevich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov va surishtiruv ishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, dolzarb muammolarni aniqlash, modellashtirish va tadqiqotlarni tashkillashtirish sektori bosh ilmiy xodimi Oripov Sobirzoda Sobir o‘g‘li egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti, tahliliy boshqarma xalqaro va aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter