Temiryo‘lchilar kasaba uyushmasi rahbariyatida o‘zgarish

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga taklif etilgan nomzodlar o‘rganib chiqilib, ular orasidan bugungi kungacha Respublika kengashi apparatining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Ro‘zimetov ushbu lavozimga saylandi.
Shuningdek, yig‘ilishda barcha masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar, tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ish rejalari belgilab olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter