Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana yangi tayinlov, «Korzinka.uz» rahbarining sirlari, MIBning Uchtepadagi reydi, Rivaldoning O‘zbekiston haqidagi xotiralari, Turkiyaga borgan Putin va boshqa xabarlar

Yana yangi tayinlov, «Korzinka.uz» rahbarining sirlari, MIBning Uchtepadagi reydi, Rivaldoning O‘zbekiston haqidagi xotiralari, Turkiyaga borgan Putin va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 3-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Tashqi ishlar vaziri Belarusga safar qiladi

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, TIV rahbarlari tomonidan MDH formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va xalqaro kun tartibi muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisiyni Misr Arab Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Jamiyat

Namanganlik olim AQShning nufuzli mukofotiga loyiq ko‘rildi

Alisher o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, hozirda 3 nafar doktorant, 4 nafar magistr talabalarga murabbiy sifatida ilmiy rahbarlik qilmoqda. U shogirdlariga o‘zining ilmiy tajribasi orqali biznes boshqaruvida ilmiy maqola va dissertatsiyalar yozish sirlarini o‘rgatmoqda.

«Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

«Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.

«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Namangan tuman hokimligini tanqid qildi

Hokim o‘rinbosari H.O‘rinov hamda tuman arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i B.Qo‘chqorovlar fuqarolarning murojaatlariga bepisand munosabatda bo‘lgan.

Olmazorda o‘quvchi maktab direktorini kaltaklagani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Muallif tomonidan qoldirilgan postda maktab rahbarini obro‘sizlantirish va unga nisbatan tuhmat qilish alomatlari borligi sabab hozirda ushbu ish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining birinchi o‘rinbosari Shukurov Akbar Safarovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Uchtepa tumani aholisining gazdan qarzi 12,5 milliardga yetdi

Lekin ayrim fuqarolar elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligi hamda uni o‘z vaqtida to‘lab borish bilan bog‘liq achinarli holatlar ham uchrab turibdi.

Madaniyat

Islom Karimov Fondi o‘tkazgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hodisa

Mudhish YTH: mast haydovchi bir insonning umriga zomin bo‘ldi

1-aprel kuni soat 20:00 larda Temiryo‘lchilar ko‘chasi «Temiryo‘lchilar» bekati qarshisida haydovchi S.M. «Lasetti» rusumli avtomashinasini mast holda boshqarib ketayotib, yo‘l chetiga to‘xtagan «Lasetti» avtomashinasiga borib urilgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaroni o‘g‘irlashdi

Shundan keyin ular o‘zbekistonlik shaxsni Yangi Moskva hududiga olib kelib, qurol bilan tahdid qilishgan va ozod etishlari uchun 600 ming rubl so‘rashgan.

Sport

Shohjahon Ergashev WBA reytingida kuchli o‘nlikka kirdi

— Bu ko‘tarilish faqat men uchun emas, balki butun o‘zbek xalqining yutug‘idir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor-yo‘g‘i sakkiz pog‘ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog‘onalarni bosib o‘tishimga ishonaman, — deydi Shohjahon Ergashev.

Rivaldo qanday qilib «Bunyodkor»da paydo bo‘lganini so‘zlab berdi

Men to‘p surgan «Bunyodkor» klubi yosh bo‘lishiga qaramasdan maqsadlari oliy edi. Osiyoda ham o‘z o‘rniga ega bo‘layotgandi. Afsuski, hozir klubdagi vaziyat bilan tanish emasman.

Iqtisodiyot

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi uzatishni boshladi

Avvalroq «O‘zbekenergo» kompaniyasi Tojikiston Energetika va suv xo‘jaligi vazirligi bilan 2018-yil vegetatsiya davrida 1,5 mlrd kVt.s hajmda elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edi.

Yana bir bank xorijiy valyutani naqdlashtirish imkoniyatini taqdim etdi

AT «Aloqabank» konversion kartadagi mablag‘larni bankning istalgan filialida yechib olish imkoniyati paydo bo‘lganini e’lon qildi.

«Korzinka.uz» rahbari yuzlab millionlik zarar va boshqalar haqida gapirdi

O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilib O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi portalida e’lon qilingandi. Ushbu konsepsiya keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Dunyo

Saudiya Arabistoni shahzodasi Isroil haqida kutilmagan bayonot bilan chiqdi

«Falastinliklar ham, isroilliklar ham o‘z yeriga ega bo‘lish huquqiga ega. Mintaqada normal munosabatlar o‘rnatish va barqarorlikni ta’minlash uchun biz tinchlik bitimini tuzishimiz lozim», — degan Muhammad bin Salmon «Atlantic» jurnaliga bergan intervyusida.

Qirol va Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi

Saudiya qiroli Falastin xalqining poytaxti Iyerusalim bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tuzish huquqini qo‘llab-kuvvatlash masalasida qirollik pozitsiyasi o‘zgarmas ekanligi ta’kidlagan.

Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi

Bugun, 3-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi. Bu Rossiya rahbarining prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan so‘ng ilk xorijiy safaridir.

Tavsiya qilamiz

«Shablonniy»dan odamgarchilikkacha: bolasi bog‘chaga qabul qilinmagan yolg‘iz ona dardi

«Men yolg‘iz onaman. Farzandim 2 yoshga to‘ldi. Endi ishga chiqishim kerak, chunki ishxonam dekret puli to‘lashni to‘xtatdi. Lekin bog‘chalar 3 yoshdan qabul qilamiz, 2 yashar bolani olmaymiz, deyapti. Agar bolamga qarasam, qanday kun ko‘raman? Agar ishga chiqsam, hech kimim yo‘q, bolamga kim qaraydi? Bunaqa vaziyatda nima qilay, iltimos, maslahat bering».

Dollar olish yo‘lga qo‘yildi. Endi so‘mga munosabatimiz o‘zgaradimi?

Naqd pul, xorijiy valyuta olish kabi muammolar yechimini topgan ekan, endi sizu biz — oddiy fuqarolar dollardan voz kechib, milliy valyutamizga munosabatimizni o‘zgartiramizmi? So‘mga bo‘lgan hurmatni oshiramizmi? Aytaylik, kvartira sotdingiz. Barcha rivojlangan davlatlardagi kabi o‘z hisob raqamingizga mamlakatingizning milliy valyutasida pul tushirib olasizmi?

Farzandingiz injiq bo‘lsa, ko‘ndirishning oltin qoidasi bor (foto)

Har bir bola alohida e’tibor talab qiladi. Shunday oltin qoidalar borki, ular dunyodagi eng gapga kirmas, injiq bolalar qalbiga ham yo‘l topishga yordam beradi. Pol Reyburn va Kevin Sollmanning «Ota-onalar uchun o‘yin nazariyasi» asarida mana shu oltin qoidalar haqida so‘z boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring