Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tavsiya: issiqda harakatlanish, ovqatlanish va kiyinish

Tavsiya: issiqda harakatlanish, ovqatlanish va kiyinish

Foto: Xabar.uz

Yoz mavsumida, hususan, anomal issiqda qanday kiyinish, ovqatlanish va ko‘chada harakatlanish yuzasidan Favqulotda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi Abdusami Ahmadov o‘z tavsiyalarini berdi.

Kiyinish

Anomal issiq davrda bir qancha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Boisi anomal issiq ham xuddi anomal sovuqdek inson organizmiga salbiy ta’sir qiladi.

Issiqda  kiyiladigan kiyim sun’iy tolali bo‘lish kerak emas. Ya’ni sintetik materialli kiyimlarni kiyish tavsiya etilmaydi. Ko‘pchilikka ma’lumki, issiqda badan nafas olishi lozim. Bunda, albatta, paxta va boshqa tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyish foydali. Kiyimlar oq, moviy yoki pushti va boshqa yorqin ranglarda bo‘lsa yaxshi.

Harakatlanish paytida bosh kiyimi bo‘lishi shart. Chunki issiq miyaga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘lim hafi bor

Inson organizmini oftob urishi oqibatida hatto o‘lim holati yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, keksalar, ayollar va yosh bolalarga yomon ta’sir qiladi. Shu sababli fuqarolar ko‘chada o‘rtacha 1 kilometr yurgan vaqtlarida ikki yoki uch marotaba to‘xtab, soyada dam olish oftob urishidan ancha saqlaydi.

Kunduzi soat 11:00 dan to soat 16:00 ga qadar ko‘chada harakatlanmaslik tavsiya etiladi, albatta, zururiy ehtiyoj bo‘lmasa.

Ovqatlanish

Yog‘li, qovrilgan, achchiq va sho‘r taomlardan qochishga to‘g‘ri keladi. Salqinlatuvchi taomlardan tayyorlab, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Suv ichish rejimiga amal qilish shart. Suvni birdaniga ko‘p ichib qo‘yish ham yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun suvni bo‘lib-bo‘lib, kun davomida uch litrdan besh litrgacha ichish kerak. Agar inson organizmiga yetarli miqdorda suv kirib turmasa, qon quyuqlashishi, ayniqsa, bu qariyalarda salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring