Tashqi mehnat migratsiyasi Putinning farmoni ortidan ogohlikka chaqirdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
«Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz», deyiladi agentlik murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joizki, kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik fuqarolarni RF qurolli kuchlariga jalb etishga izn beruvchi farmonni imzolagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter