Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vazirligi yurtdoshlarimizga tavsiya berdi

Tashqi ishlar vazirligi yurtdoshlarimizga tavsiya berdi

Foto: Liter.kz

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatning barcha hududlarida noqulay ob-havo kuzatilayotgani bois avtotrassalarda kuchli sovuq tufayli qiyin vaziyatga tushib qolayotgan fuqarolardan murojaatlar tez-tez kelib tushmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, diplomatik vakolatxonalarimiz Qozog‘istondagi vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakat tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Fuqarolarga zarur konsullik, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlarini tavsiya qilamiz, deyiladi xabarda.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Ostona shahridagi mamlakatimiz elchixonasiga (+717 2954252), Olmaota (+7273902616) va Aqtau (+77292777117) shaharlaridagi bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring