«Tashkent city»ga kirish uchun to‘lov bekor qilindi
«Tashkent city» sayilgohiga kirishda to‘lanadigan to‘lov bekor qilindi.
«Tashkent city» XIM DUK direksiyasi Sizga shuni ma’lum qiladiki, 2021-yil 14-oktyabr kunidan «Tashkent city» sayilgohi hududiga kirish mutlaqo bepul.
Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno»,—deyiladi park rahbariyati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, park hududiga kirish 2020-yil dekabr oyidan pullik qilib qo‘yilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter