Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva mintaqaning keyingi taraqqiyoti nimaga bog‘liqligini aytdi

Tanzila Norboyeva mintaqaning keyingi taraqqiyoti nimaga bog‘liqligini aytdi

Bugun, 4 avgust kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Senat raisi mintaqamizning keyingi taraqqiyoti suv omiliga bog‘liqligini aytdi.

«Mintaqamizning keyingi taraqqiyoti hech shubhasiz suv omiliga bog‘liq. Davlatimiz rahbari har gal bunga alohida urg‘u beryaptilar.

Bizga jamiyat va davlat imkoniyatlarini to‘liq safarbar qiladigan, barcha uchun birdek maqbul, manfaatli va mas’uliyatli suv siyosati kerak. Bu borada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish – birinchi galdagi vazifa.

Raqamli va ilmiy jihatdan asoslangan tejamkor texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib suv muammosini hal qilib bo‘lmaydi.

Suvni asrab-avaylash ahloqiy tarbiyamizning ajralmas qismiga aylanishi shart! Birinchi navbatda, insonlarimiz, ayniqsa yosh avlodning ekologik madaniyatini to‘g‘ri shakllantirishimiz zarur.

Lekin, tashabbus Senat tomonidan ilgari surilgani bilan, ushbu masalada Hukumat, vazirlik, idoralar va ilmiy hamjamiyatning o‘zaro o‘yg‘un harakati ta’minlanmasa kutilgan natijaga erishish qiyin», dedi T.Norboyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring