Tanzila Narbayeva Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi bilan uchrashdi
2021-yil 8-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining ishtirokchi mamlakatlari o‘rtasida turli sohalardagi amaliy hamkorlikni, shu jumladan, Turkiy tilli davlatlar PA doirasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Turkiy Kengash mamlakatlari bilan munosabatlari izchil rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi.
B. Amreyev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy muhitni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan, shuningdek, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi makonida do‘stlik va yaqin qo‘shnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Shu nuqtai nazardan, uchrashuv ishtirokchilari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi vazifalarini amalga oshirishda ayollar va yoshlarning rolini kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter