Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanlov natijalari: To‘rtinchi yo‘nalish g‘olibi aniqlandi

Tanlov natijalari: To‘rtinchi yo‘nalish g‘olibi aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilganidan xabaringiz bor.

Bugun ushbu tanlovning 4-yo‘nalishi — g‘olibi ham aniqlandi.

Yodingizda bo‘lsa, ushbu yo‘nalish shartiga ko‘ra, ishtirokchilar 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan, bayram ruhi aks etgan o‘zlarining yoki oila a’zolarining fotosuratlarini ulashishlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari), «Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasiga obuna bo‘lishlari yoki «Telegram»dagi rasmiy sahifamizga a’zo bo‘lib, «QK26 FOTOLAR» guruhiga tanlov uchun olingan suratlarni joylashlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari) kerak edi.

Tanlovimizning ushbu yo‘nalishiga 500 dan ortiq fotosuratlar kelib tushdi. Hakamlar hay’ati ular orasidan tanlov nizomi va shartlariga eng mosini g‘olib deb topdi. Shu tariqa Ramazonov Rustam va uning oila a’zolari aks etgan surat fototanlov g‘olibi bo‘ldi. G‘oliblarimizni tabriklaymiz!

Shu o‘rinda bir-biridan ajoyib suratlari bilan tanlovimizda ishtirok etgan barcha ishtiroklarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring