Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli bloger Bosh vazir o‘rinbosari Abduhakimov va sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonovga murojaat yozdi

Taniqli bloger Bosh vazir o‘rinbosari Abduhakimov va sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonovga murojaat yozdi

Taniqli bloger Sanjar Said «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga murojaat yo‘lladi.

Murojaatda Farg‘ona shahridagi viloyat tug‘ruqxonasi, xalq tilida «Oybek» tug‘ruqxonasining jonlantirish bo‘limida yotgan 23 yoshli onaning sog‘lig‘i va hayotidan xavotir bildirilgan.

«1995-yilda tug‘ilgan Nilufar Jabborova Azizjon qizi, turmush qurganiga ikki yil bo‘lgan, 1-iyul birinchi farzandini kesarova yo‘li bilan dunyoga keltirgan. Tuqqaniga qadar sog‘lom bo‘lgan, ammo jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayolning isitmasi tushmayapti. Badaniga bolani o‘rab turgan suv tarqab ketgan.

Avvaliga shifokorlar infeksiya tushgan deb bahona qilishgan. Endi esa ayolning o‘zi buyragi avvaldan shamollagan ekan, deb bahona qilishyapti. 7 kundan beri ayolni goh palataga olishadi, goh reanimatsiyaga. Kechadan boshlab ayolni sun’iy nafasga o‘tkazishgan.

Hozirda vrachlar bachadonini olib tashlaymiz, deyishayotgan ekan. Bir vrachning o‘zaro suhbatda aytishicha, kesarova paytida ayolning ichki a’zosiga (anig‘ini bilmayman qayeriga) tig‘ bildan zarar yetkazib qo‘yishgan.

Eri, qaynonasi, qaynotasi, ayolning onasi, singlisi – barcha yaqinlari o‘sha tug‘ruqxona hududida tunu kun navbatchilikda bir yaxshi xabar ilinjida kutib o‘tirishibdi.

Sizlardan iltimosimiz, mazkur holatni shaxsan nazoratga olsangiz, ayolning hayotini saqlab qolish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilib, malakali va ishonchli shifokorlar yordami ta’minlansa. Shu bilan bir qatorda, tizimda tug‘ruq jarayonini biznesga aylantirib olgan, har qanday sog‘lom ayolni ham tabiiy yo‘l bilan tug‘dirishga yo‘l qo‘ymasdan, zaruratsiz o‘rinlarda ham qimmat va oson yo‘l – kesarovaning amalga oshirilishiga chek qo‘yish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirishingizni so‘raymiz.

Chunki so‘nggi vaqtlarda bunday nopok shifokorlar sababli ko‘plab onalar va bolalarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Bundan barcha xavotirga tushmoqda. Yaqinda Bekobodda bo‘lgan holat ham buni ko‘rsatmoqda», deb yozadi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring