Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistga tahdid, yo‘q konsertga sotilgan chiptalar, hojatxonada halok bo‘lganlar, «Telegram»da firibgarlik, Kemerovo fojiasi va boshqa xabarlar

Jurnalistga tahdid, yo‘q konsertga sotilgan chiptalar, hojatxonada halok bo‘lganlar, «Telegram»da firibgarlik, Kemerovo fojiasi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahri markazidagi savdo kompleksida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli 53 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Xalqaro konferensiya

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Toshkentga yetib kelmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.

Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Qatarning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Toshkentga keldi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Afg‘oniston Prezidenti Toshkentga yetib keldi

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga minnatdorlik bildirdi

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ushbu anjumanda ishtirok etish taklifi uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnadorlik izhor qildi. Mazkur muhim xalqaro tadbirning o‘z vaqtida o‘tkazilayotgani va dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

Afg‘oniston Prezidenti hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Jamiyat

Samarqand dunyoning eng go‘zal 15 shahri orasida 6-o‘rinni egalladi

Mutaxassislarning aytishicha, ular fotosuratlar olish uchun juda ham mos hamda unutilmas taassurotlar hadya etadi.

Jurnalistning orqasida kimi bor… yoxud «tekshir-tekshir»dan maqsad nima?

Jurnalist Behzod Qobulovning «Facebook»dagi o‘z sahifasida chiqishi, «Jamiyat» gazetasida chop etilgan «Komissiya «mudhish xato»ni topdi» («Xabar.uz» axborot saytida ham e’lon qilindi) sarlavhali maqolasi ayni shu mavzu atrofida fikr yuritishimizga turtki bo‘ldi.

Germaniyadagi o‘zbek. U qanday qilib olamshumul loyiha ishtirokchisiga aylandi? (Eksklyuziv intervyu)

Germaniya aerokosmik markazidagi sun’iy quyosh projektorlarining nuri bir nuqtaga yo‘naltirilsa, harorat Selsiy bo‘yicha 3 yarim ming darajaga yetar ekan. Qurilma shu qadar kuchli ekanidan, uni radiatsion himoyalangan binoga joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Lampalar yoniqligida xonaga kirgan odam o‘sha zahoti kuyib ketadi.

O‘qituvchi jalb etilmagan shu ish qolganmidi?..

Bunday yo‘qlovdan kim xursand bo‘lmaydi, deysiz? E’tibordan bosh osmonga yetdi.

23 yashar o‘qituvchining o‘limi tafsilotlarini surishtirgan jurnalist o‘ziga bosim va tahdid bo‘layotganini aytmoqda

«Xabar.uz»ning Samarqand viloyatidagi maxsus muxbiri, jurnalist Karimberdi To‘ramurod o‘zining «Facebook»dagi sahifasida kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi tafsilotlarini yoritganidan so‘ng unga nisbatan bosim va tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

Prezident nazari tushgan qishloq (video)

Ishtixon tumani Humo qishloq fuqarolari yig‘iniga qarashli Xina qishlog‘idagi uch hojidan biri, qo‘lidan davlat rahbari choy ichgan inson — Toshquvvat hoji Rajabov bilan suhbatlashdik. Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan so‘rida o‘tirib, Hoji buva bilan qishloq tarixi, buguni, ertasi haqida gurung qildik.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar IIBB sha’nini toptaganlar jinoiy javobgarlikkacha tortilishi mumkin

Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli X.J. atayin Toshkent shahar IIBB xodiminining g‘ururini toptagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shayxontohur tuman ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra, fuqaro X.J.ga EKIHning 10 baravari, ya’ni 1 722 400 so‘m miqdorida jarima solindi.

Ta’lim

O‘quvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan akademik litsey direktorlari jazolanadi

Bunda intizomiy jazo qo‘llanilgan rahbar xodimlarga nisbatan keyingi o‘quv yili davomida ish haqiga ustama belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Madaniyat

Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti ikkinchi marta bekor bo‘ldi. Sotilgan chiptalar uchun kim javob beradi?

Grigoriy Leps-ku mayli, boshqa yurtda yashaydi. O‘zbekistondagi odatlarni va «odatlar»ni bilmasligi mumkin. Tashkilotchilarning texnik xatosi tufayli deb yozgan va muxlislardan uzr so‘ragan. Uzr so‘rash madaniyati ularda yaxshi shakllangan.

«Scorpion» trillerini suratga olish ishlari boshlandi (foto)

Shu yilning 28-mart kuni soat 11:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Hodisa

Mirzo Ulug‘bek tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berishlaricha, o‘t o‘chiruvchilar guruhi hodisa joyiga soat 02:19 da yetib kelishdi. Yong‘in 02:31 da o‘chirildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan yong‘in sababi e’lon qilindi

Yuz bergan yong‘in oqibatida har ikki binoning tom qismi hamda «Chopar» kafesi filiali binosining ichki qismi shikastlangan. Qurbonlar yo‘q.

Namanganda «iPhone» ortidan hojatxonaga tushganlar halok bo‘ldi

Buni ko‘rgan B.Rahmatovning otasi H.Rahmatov yordamga shoshiladi va hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlanadi.

Sport

Marokash matbuoti O‘zbekistonni «kuchsiz» deb atadi

Ayni paytda O‘zbekiston FIFA reytingining 72-o‘rinini band qilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ular Senegal termasi bilan bo‘lgan durang o‘ynay olishdi. Bu hech narsani anglatmaydimi?

Iqtisodiyot

Prezident qarori: import qilinadigan tovarlar uchun yangi imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 24-mart kuni «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27-martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Texnologiya

Politsiyachilar «iPhone»larni ularning egasi vafot etgach blokdan chiqara oladi

Politsiyachilarga jinoyatchining «iPhone» smartfonini blokdan chiqarishga ruxsat berish borasidagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.

«UzCard» telegramda uya qurgan firibgarlardan ogohlantirdi

«UzCard» barcha plastik karta egalarini firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun xushyor bo‘lishga chaqirdi.

Tavsiya qilamiz

Odamlarni majburiy mehnatga jalb qilayotganlarga yetarli jazo beriladimi?

Ana shu yerda savol tug‘iladi: xo‘sh, hukumatimiz chet ellarda ishlab yurgan yurtdoshlarimizning himoyasi uchun ko‘p ishlarni qilayotgan ekan, yana ko‘p ishlarni qilmoqchi ekan, bu ishlar yaxshi, lekin o‘zimizda, mamlakatimizda majburiy mehnatga jalb qilinayotganlarning himoyasi uchun nima qilinayapti?

Nega Zulfiyachi deganda Tetcher va Kyuri kabi intellektuallar ko‘z oldimizga kelmaydi?

Zulfiya mukofotini olgan qizlar dunyoni boshqacha ranglarda ko‘rishadi. Qaniydi men ham dunyoni ularning ko‘zi bilan ko‘ra olsaydim... Hammasi konveyerdan chiqqan bir xil odamchalarga o‘xshaydi... Insonda intellekt chiroyli gapirish bilan belgilanganida to‘ydagi boshlovchilar bugun fan doktori bo‘lisharmidi...

O‘qituvchining maoshi oshgani yaxshi, biroq...

Radio, televideniye va matbuotdagi chiqishlarda ushbu mavzuga daxldor murakkab masalalar orasida asosiy bir muammo nazardan chetda qolib keladi. Ta’limda sifatga erishmoq uchun birinchi navbatda sinfda o‘quvchilar sonini ancha kamaytirish lozim. Hozir har bir sinfda 35-40 nafargacha o‘quvchi ta’lim oladi. Bu raqam kollej va litsey guruhlarida sal kamayishi mumkin. Biroq ularda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring