Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorni haqoratlagan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi

Tadbirkorni haqoratlagan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi

Foto: vidolavhadan skrinshot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan bayonot berdi.

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom» guruhida 2019-yil 16-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi», – deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring