Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Suvta’minot» korxonasiga mablag‘ ajratish tizimi joriy etiladi

«Suvta’minot» korxonasiga mablag‘ ajratish tizimi joriy etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident tumanlarda ekspluatatsiya tizimini yaxshilash eng dolzarb masalalardan biri ekanini qayd etdi.

Jumladan, 100 dan ortiq tumanda ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur texnika yetarli emas.

Shu bois tuman suv ta’minoti tashkilotlari moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda:

- mahallalarda suv ta’minotini yaxshilash uchun ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar turlarini belgilash vakolati va ular bo‘yicha tushumlar to‘liq tumanlar vakolatiga o‘tkaziladi;

- suv ta’minotini yaxshilash, joriy ta’mirlash, avariya holatlarini bartaraf etish hamda maxsus texnika xaridi uchun tuman va shahar hokimlari tomonidan tuman «Suvta’minot» korxonasiga mablag‘ ajratish tizimi joriy etiladi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring