Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv va kanalizatsiya uchun to‘lov 100 foiz oldindan amalga oshiriladi

Suv va kanalizatsiya uchun to‘lov 100 foiz oldindan amalga oshiriladi

Foto: «Asr.uz»

«Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Endilikda davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.

Ushbu to‘lovlar to‘lanmaganida suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq pensioner pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, uch yildan ko‘p bo‘lmagan davr uchun undirilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring