Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda yovvoyi to‘ng‘iz ovlangani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda yovvoyi to‘ng‘iz ovlangani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari  bilan hamkorlikda Muzrabot tumani hududida nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi.

Reydda «Bog‘i eram» mahallasi hududida ikki nafar fuqaro qo‘lbola tuzoq qo‘ygan holda yovvoyi to‘ng‘iz ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 4 million 950 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlarning har biri BHM 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Fuqarolar jarima va yetkazilgan zararni to‘laydigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring