«Surxondaryoda qo‘lidan ish kelgan tadbirkor yo qamalgandi, yoki…» — Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyatda ma’lum muddat avval yuzaga kelgan vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Amaldagi davlat rahbari «ba’zi idoralar» tomonidan tadbirkorlarga o‘tkazilgan tazyiq haqida gapirdi.
— Eng achinarli holatlardan birini bugun eslamaslik mumkin emas. Viloyatni shu ahvolga kelib qolishiga, ba’zi idoralarda ildiz otib ketgan adolatsizliklar ham sabab bo‘lgan.
Odamlar hech narsaga ishonmay qolgandi. Qo‘lidan ish keladigan tadbirkorlar nohaq qamalgan edi yoki qochib ketgandi.
Shuning uchun viloyatda tadbirkorlik ham respublikada eng oxirgi o‘rinlarda edi. Mana shu sabablar ham, viloyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lgan.
Biz bu noma’qulchiliklarni bartaraf qilishda qonun ustuvor va jazo muqarrarligini ta’minlab, barchasini joy-joyiga qo‘ydik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbari Surxondaryoda aholi hayotini yaxshilash va inson qadr-qimmatini ta’minlash bo‘yicha besh yillik dasturni tayyorlanganini ta’kidlab o‘tdi.
Xabar.uz axborot tahliliy portali ushbu dastur bo‘yicha ma’lumotlarni berib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter