Surxondaryoda 17 bosh tovushqonni o‘ldirgan ovchi ushlandi
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga noma’lum shaxs tomonidan yovvoyi qum tovushqonini ovlaganligi aks etgan rasm kelib tushgan.
Holat yuzasidan ekologik surishtiruv o‘tkazilganda, rasmda aks etgan fuqaro Angor tumani «Xomkon» mahallasida yashovchi N.H. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
O‘rganishlar davomida fuqaro N.H. Angor va Muzrabot tumanlari hududida 2022 yilda ruxsatnomasiz, tungi vaqtda 6 bosh, 2023 yilda 11 bosh qum tovushqonini ov qilish muddatlariga zid ravishda taqiqlangan usul, ya’ni tungi yoritish moslamasi bilan ovlaganligi aniqlangan.
Natijada fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan, ma’muriy jarima belgilandi.
Qayd etilishicha, ovchi tomonidan tabiatga 2022 yilda 5 mln 400 ming so‘mlik, joriy yilda 10 mln 890 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Sherobod tuman sudiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter