Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xidirov Alisher Bo‘riyevich Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Xidirov 1982-yili Termiz tumanida dunyoga kelgan. 2004-yili Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini, 2009-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi, audit.
Alisher Xidirov faoliyati davomida «Temiryo‘lloyiha» aksiyadorlik jamiyati texnigi, muhandisi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish direksiyasi qurilish bo‘yicha muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» sho‘’ba korxonasi hisobchisi, qurilish bo‘limi muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Bunga qadar 2015-yildan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi «Kasaba qurilish taʼmir» sho‘’ba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter