Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo hokimining birinchi o‘rinbosari Denov tumaniga rahbar etib tayinlandi

Surxondaryo hokimining birinchi o‘rinbosari Denov tumaniga rahbar etib tayinlandi

5-noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, 2018-yil 11-noyabrdan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etilgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardayev tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Rustam Pardayev 1979-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring