Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Samatov Xolmamat.
Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.
Samatov Xolmamat Jo‘rayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan shu kunga qadar Angor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Turapov Usmon Yangibayevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Turapov Usmon Yangibayevich 1964-yilning 19-yanvarida Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-gidrotexnik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter