Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi kutilmaganda IOJT a’zoligiga qabul qilindi

Sudyalar oliy kengashi kutilmaganda IOJT a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkilotining (IOJT) a’zoligiga qabul qilindi.

Shu munosabat bilan kecha vakillarimiz tarixda birinchi marta tashkilot assamblyasi kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish jarayonida to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etishgan.

Qayd etilishicha, ushbu xalqaro tashkilotga a’zolik kutilmaganda ro‘y bergan. Kanadagi Ottava shahrida tashkil etilgan navbatdagi konferensiyada o‘zbekistonlik ikki vakilning taqdimoti ishtirokchilarda qatta qiziqish uyg‘otgan. Ushbu taqdimotdan so‘ng O‘zbekiston tomoniga mazkur xalqaro tashkilot a’zoligi taklif etilgan. 

Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkiloti (IOJT) 2002 yilda butun dunyo bo‘ylab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Ayni paytda 77 mamlakatning 125 ta sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga ma’sul tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari mazkur xalqaro tashkilot a’zolari hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring