Sudyalar oliy kengashi besh nafar sudyani lavozimidan ozod qildi
Besh nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov;
- Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev;
- Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B. Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
- Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I. Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
- Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter