Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan nominatsiyasiga kiritildi

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan nominatsiyasiga kiritildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sudoche ko‘llar tizimini Ramsar ro‘yxatiga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlari nominatsiyasiga kiritish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha barcha ishlarni yakunladi.

Ob’yekt ro‘yxatga 2522-raqam ostida kiritildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Sudoche ko‘llar tizimini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududi deb
e’lon qilgandi

Bugungi kunda chegaralari aniqlangan ko‘llar Ramsar konvensiyasining 2.1-moddasiga muvofiq rasmiy ravishda Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ayni paytda respublikadagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlarning umumiy soni to‘rttaga yetdi va bu hududlarning maydoni bugungi kunda 674,4 ming gektarni tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, Konvensiya kotibiyati xabarida ro‘yxatga yangi ob’yektning kiritilishi O‘zbekistonning dunyodagi eng muhim suv-botqoq yerlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan Ramsar konvensiyasini amalga oshirishga sodiqligini ko‘rsatishi alohida ta’kidlangan.

Hujjatdan maqsad global bioxilma-xillikni saqlash va inson hayotining barqaror rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan suv-botqoq yerlarning xalqaro tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ma’lumot uchun, Sudoche 1960-yillarda dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l hisoblangan Orol dengizining kichik qismi bo‘lib, joriy yilning may oyida ko‘llar tizimi O‘zbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlari ro‘yxatiga kiritilgan 4-ob’yektga aylandi. Ro‘yxatga, shuningdek, yurtimizning Dengizko‘l ko‘li (2001), Arnasoy ko‘llar tizimi (2008), To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari (2020) kirgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring