Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud: «Bolaning ismi jinsiga mos bo‘lishi kerak»

Sud: «Bolaning ismi jinsiga mos bo‘lishi kerak»

Foto: «Twitter.com»

«Mirror» nashri xabar berishicha, bu voqea o‘z qiziga Blyu (Blu) deb ism qo‘ygan italyan oilasi bilan yuz berdi. Ularga suddan kelgan xabarda bolaning ismini o‘zgartirishlari shartligi, aks holda sudning o‘zi yangi ism qo‘yishi ma’lum qilingan.

Bolaga ismni ota-onasi Luka va Viktoriya tanlashgandi: Blyu (Blu) — «bella, luminosa, unica», ya’ni «chiroyli, yorqin, o‘ziga xos» degani. Biroq Italiya qonunchiligida bolaga uning gender alomatlari bo‘yicha ism qo‘yish belgilab qo‘yilgan.

Blu italyan tilida «ko‘k» degan ma’noni ham anglatadi. Masalan, taniqli xonandalar oilasi Jau-Z va Beyonce ham katta qizlariga Blyu Ayvi (Blue Ivy) deb nom qo‘yishgan.

Italiya milliy statistika agentligi ma’lum qilishicha, 2016-yili mamlakatdagi olti nafar, 2015-yili esa besh nafar qizga Blyu ismi qo‘yilgan. Milanda ikki nafar Verde ismli bola yashaydi, bu tarjima qilinganda «yashil» ma’nosini beradi.

2012-yili qiziga Andrea ismini qo‘ygan ota-ona sudga chaqirilgandi. Bu inglizzabon mamlakatlarda qizlar uchun ommalashgan ism bo‘lsa-da, Italiyada erkaklar ismi hisoblanadi.

Garchi avvaliga sud qizning ismini Juliyaga almashtirishni istagan bo‘lsa-da, oxir-oqibat Luka va Viktoriya bu ishda yengib chiqishdi, ularning qizi Blyuligicha qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring