Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stadion o‘rnida besh yulduzli mehmonxona quriladi

Stadion o‘rnida besh yulduzli mehmonxona quriladi

Samarqand shahridagi «Yoshlik», sobiq «Spartak» stadioni o‘rnida zamonaviy besh yulduzli mehmonxona qad rostlaydi.

Samarqand viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Farhod Majidovning aytishicha, viloyatda 2019-2021-yillarda quriladigan mehmonxonalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Unga ko‘ra, Bo‘stonsaroy ko‘chasida («Yoshlik» stadioni o‘rnida) 242 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona quriladi. Bu loyihani amalga oshirishni «Abu Dabi» rivojlantirish fondi tashabbuskorlari zimmasiga olgan.

Shuningdek, Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasida «Ipak yo‘li» fondi(Xitoy) va «Milliybank» hamkorligida turizm kompleksi loyihasi amalga oshirilib, 250 o‘rinli ikkita besh yulduzli mehmonxona quriladi.

Namozgoh va Muqimiy ko‘chalari hamda Bo‘stonsaroy va Ulug‘ Tursunov ko‘chalari kesishmalarida biri 240, ikkinchisi 200 o‘rinli to‘rt yulduzli mehmonxona barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada germaniyalik tashabbuskorlar bilan kelishuv shartnomalari tayyorlangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring