Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘x mojarosi: ikki davlat rasmiylari kelishuvga erishdi

So‘x mojarosi: ikki davlat rasmiylari kelishuvga erishdi

Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Botken viloyatining «Chechme-Avtodorojniy» nazorat o‘tkazuv punktida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bir kun oldin ikki davlat chegara hududidagi qishloqlar aholisi o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar chegarada yuz bergan ko‘ngilsiz voqea uchun afsusda ekanini bildirgan. Uning avj olib ketmasligi, keskinlikni yumshatish va keyinchalik bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olishdi.

Kubatbek Boronov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalarda fikr almashdi.

Tomonlar hodisa bo‘yicha birgalikda tergov harakatlari olib borishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni So‘x tumani chegarasida yashovchi aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. 

Shuningdek, keyinroq hukumat rahbarlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi ham belgilangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring