Sovuq qachongacha davom etadi?
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 20 fevralga qadar ob-havo prognozi taqdim etildi.
O‘zbekiston hududiga o‘tgan kuni kechasi sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayishi 28 m/s ga yetdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati shimolida havo harorati 11-17 sovuqqacha pasaydi.
So‘ng sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oldi.
Shanba va yakshanba kunlari kechalari harorat 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 5 darajagacha iliqqacha bo‘ladi. Shimolda harorat kechalari 11-16 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Dam olish kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
19-20 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Shimolda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi. Boshqa hududlarda harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq atrofida bo‘ladi.
Demak, sovuq qutbiy antitsiklon ta’siri respublikada uzoqroq davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter