Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi farmonni imzoladi

Prezident yangi farmonni imzoladi

Arxiv foto.

«Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra kadastr qo‘mitasi agentlikka aylantirildi va Soliq qo‘mitasi tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

  • Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish va shu kabi vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi;
  • Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi;
  • 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi;

2021-yil 1-yanvardan boshlab:

  • yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi;
  • onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi;
  • yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
  • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi;
  • tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etib boriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring