Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi tayinlovlarni amalga oshirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi tayinlovlarni amalga oshirdi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Satvaldiyev Nodirjon Abduvaxidovich Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

N. Satvaldiyev 2009-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, o‘z ish faoliyatini farmatsevtik kompaniyasi menejeri sifatida boshlagan. Keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limi klinik ordinatori, shifokor-statisti, Maslahat poliklinikasi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.

37 yoshli malakali shifokor 2020-yildan hozirga qadar ushbu markazning bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayeva Muattarxon Ilesovna Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

M. Abdullayeva 1997-yil 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlab, o‘z ish faoliyatini Angren shahar shifoxonasida vrach-terapevt sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 3-son oilaviy poliklinika bosh shifokori lavozimida mehnat qilgan. U 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq II darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Tajribali shifokor 2017-yildan hozirga qadar Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring