Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Sog‘liqni saqlash tizimida samarali faoliyat olib borgan fidoyi shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Ravshan Sultonov 76 yoshida vafot etdi.

R. Sultonov 1947 yilda tug‘ilgan. 1973 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini ushbu ta’lim muassasasida ilmiy xodim sifatida boshlagan. Turli yillarda Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida reanimatolog-shifokor, Reanimatsiya bo‘limi mudiri, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Xabar.uz nashri marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring