Sog‘liqni saqlash vaziriga koreyalik professor maslahatchi etib tayinlandi

Koreya Respublikasi Milliy shifoxonalari assotsiatsiyasi raisi, nufuzli Chonnam milliy universiteti professori Yun Tek Rim O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi etib tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga Janubiy Koreya Respublikasining taniqli professori Yun Tek Rim nomzodi tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Yun Tek Rim Yaponiyaning Gurume va AQShning Jona Xopkins tibbiyot maktablarida malaka oshirgan mashhur olim Koreyadan tashqari, o‘z faoliyatini xalqaro miqyosda, xususan, AQShdagi ortoped-jarrohlar akademiyasi, Jahon ortoped-jarrohlari va travmatologlari uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarda ham akademik tadqiqotlar olib boradi.
O‘z faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida e’tirof etilgan. Aynan professor Yun Tek Rimdan ta’lim olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlaridan shifokorlar va bemorlar Janubiy Koreyaga tez-tez tashrif buyurib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter