Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq MXX binosi oldidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi

Sobiq MXX binosi oldidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi sobiq MXX binosi oldidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yilning 16-22-may kunlari Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy manzili bo‘yicha hududdagi ko‘p yillik daraxtlar ko‘chirib olib ketilayotganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Mazkur xabarlarga asosan o‘tkazilgan tekshirishda yuqoridagi hududda olib borilayotgan qurilish loyihasi doirasida «M.M.» MChJ tomonidan sog‘lom o‘sib turgan jami 53 tup qimmatbaho navli ko‘p yillik daraxtlar (eman, qarag‘ay, aylantus va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22- avgustdagi «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 464-son Qarori talablariga zid ravishda noqonuniy ravishda ko‘chirib olib ketilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy ko‘chirgan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt mas’ullari va bunga imkoniyat yaratib bergan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring