«Yo‘qolib qolgan» Kamoliddin Rabbimov jarima to‘laydigan bo‘ldi
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning yo‘qolib qolgani haqidagi xabarlar yuzasidan IIV bayonot berdi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 17-aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani «Chaqar» mahallasida o‘tkazilayotgan sanitariya-profilaktik tadbirlar jarayonida fuqaro K.R. (Kamoliddin Rabbimov) xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashib, ularning ishiga to‘sqinlik yaratib, qonuniy talablarini bajarmagan.
Holat yuzasidan fuqaro K.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan materiallar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborildi, dedi G‘iyosov.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rasmiy telegram kanali ma’lum qilishicha, Kamoliddin Rabbimov sudi yakunlangan va unga jarima jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter