Sirdaryoga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
Kecha, 21-iyul kuni Sirdaryo viloyati vakilligida viloyat imom-xatiblarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov qatnashdi. Bu haqda «Muslim.uz» xabar berdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi Mo‘minjon domla Usmonov o‘z xohishiga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib, Guliston shahri «Tavhid» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Toshkent shahridagi «Mahkamboy Hoji ota» jome masjidi imom-xatibi Zokirov Habibulloh O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi lavozimlariga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter