Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi stansiya O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulandi

Sirdaryodagi stansiya O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulandi

Shirin shahri va Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan, umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulandi. Hozirgi vaqtda stansiya 120 MVt quvvatni tarmoqqa uzatmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar stansiyaning quvvati bosqichma-bosqich 1000 MVtga, 2024 yilning birinchi choragida to‘liq 1500 MVt quvvatga chiqariladi.

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 12 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Yana bir ahamiyatli jihati, stansiya qurilishi davomida 2000 nafargacha odam ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, u ishga tushganidan keyin bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring