Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi
Shu yilning 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi.
Viloyatning harbiy bloki rahbarlari (DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari) madhiya vaqtida qanday jest ko‘rsatishni bilmay shoshib qolishgani videoda muhrlangan va internetda juda tez tarqalgandi.
Ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri — Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Shavkat Mavlonov lavozimidan ketgani bugun ma’lum bo‘ldi.
Ikki yil avval ushbu vazifani egallagan Shavkat Mavlonovning qayerga ishga o‘tgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter