Sirdaryoda 1-sentyabrdan yangi eksperiment amalga oshiriladi
Hukumatning «Tajribali shifokorlarga tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmasdan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Xususan, mazkur faoliyat tajribasi 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun oilaviy shifokor diplom/sertifikatiga ega bo‘lgan va «oilaviy shifokor” mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yil ishlagan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda litsenziya olgandan keyin ruxsat beriladi.
Yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
Litsenziya olish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda taqdirda esa to‘lov summasining 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter