Sirdaryo viloyati hokimi har yilgi an’anasiga sodiq qoldi (foto)

Kimdir tug‘ilgan kunida o‘zgalardan sovg‘a kutsa, yana kimdir bu kunda, aksincha, o‘zgalarni sovg‘a bilan xushnud qilishni xohlaydi. Viloyat hokimi G‘ofurjon G‘aniyevichning ham har yili tavallud topgan sanasi — 21-aprel kuni Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi»ni ziyorat qilib, bolajonlarni turli sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlashdek odati bor.
An’anani buzmagan holda bugun ham viloyat hokimi mazkur muassasaga tashrif buyurib, 9 ta xonadonning barchasi uchun alohida atalgan tort va boshqa sovg‘alarini ulashdi, deya xabar berdi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter