Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nosirov Otabek Ural o‘g‘li Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Otabek Nosirov 1976-yil 15-martida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Malumoti-oliy. Oilali 3 nafar farzandi bor.
U shu vaqtga qadar 2018-yil 17-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter