Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sinoptiklar avgust oyi uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildilar

Sinoptiklar avgust oyi uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildilar

Foto:«Xabar.uz»

Iyul oyining so‘nggi kunlari va avgustda ob-havo qanday bo‘ladi? Respublika Gidrometerologiya markazi ma’lumot berdi. 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va kam bulutli, harorat 35-38 daraja.

Mamlakatimizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 28-33 darajagacha pasayadi.

Ertaga nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qorqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga borib qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Kunduzgi harorat 30-33 darajagacha pasayadi, Qurbon xayit bayrami kuni respublikamiz aholisini salqin havo kutmoqda.

1-avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatimizning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida bo‘ladi.

2-avgustda respublikamizning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Keyinchalik avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar asosan respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. oyning so‘nggi o‘n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring