Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifatsiz uy-joy qurilishi: «Qishloq qurilish invest» ushbu muammoga yechim topdi

Sifatsiz uy-joy qurilishi: «Qishloq qurilish invest» ushbu muammoga yechim topdi

Foto: «Uzbekistan24.uz»

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi tomonidan qishloq massivlarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi borasidagi chora-tadbirlar va 2018-yildagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2009-yilda qabul qilingan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish dasturiga ko‘ra uy quruvchining dastlabki badali 25 foiz etib belgilangan bo‘lsa, yangi dasturda ushbu badal birinchi va ikkinchi turdagi uylar uchun 15 foizni tashkil etmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yangi qurilgan uy-joylarning sifati borasidagi muammolarning oldini olish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun uy-joylarni qurish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarning 5 foiz mablag‘i bir yildan keyin ularning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. Bu mablag‘ning ushlab turilishiga sabab, agar shu davrda yangi uy-joyda yashayotgan aholidan sifat borasida murojaatlar tushsa, mablag‘ ta’mirlash ishlariga sarflanadi. Bunday shikoyatlar bo‘lmagan taqdirda kafolat muddatidan keyin qurilish tashkilotiga mazkur mablag‘ qaytarib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring