Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namunaviy uy-joy sifatsiz qurilgan bo‘lsa, kim javobgar?

Namunaviy uy-joy sifatsiz qurilgan bo‘lsa, kim javobgar?

Foto: «Uz24.uz»

«Men tumanimizdan namunaviy uy-joyni sotib olganman. Hozirgi kunda uyning qurilishi tugallanmagan va mazkur uy sifatsiz qurilyapti. Uyning sifatini kimdan talab qilaman?»

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga asosan, qurilishning nazoratini yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi amalga oshiradi. Shuningdek, qurilishning sifatli olib borilishi va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan ushbu kompaniya mas’ul hisoblanadi.

Bundan tashqari, qishloq hududlarida namunaviy uy-joylarning sifatli va o‘z vaqtida qurilishida viloyat hokimliklari va prokuratura organlarining nazorat funksiyasi mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring