Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga tegishli 130 million AQSh dollarini O‘zbekistonga qaytarishga qaror qildi
Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan pullarining 130 million dollarlik qismi O‘zbekistonga qaytariladigan bo‘ldi. Bu haqda Shveysariya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Shveysariya Bosh prokuraturasi baënotida olti yildan beri olib borilaëtgan murakkab jinoyat ishi tergovining bir qismi sifatida Bosh prokuratura shirkatlar, xususan, O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi yoki faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan xorij shirkatlaridan katta miqdordagi pulning noqonuniy olinish sxemasini fosh qiluvchi dalillarga ega bo‘lgani, bu pullar xorij, asosan, Shveysariyada yuvilgani, tergov xulosasidan kelib chiqib, muzlatilgan pullarning 130 million franki (130 million AQSh dollari) O‘zbekistonga qaytarishga oid dastlabki qarorga kelingani aytiladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan pullarining bir qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotgani avvalroq ma’lum bo‘lgandi.
O‘shanda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan pullarning 800 million franki qaytarilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Shveysariya prokuraturasining baënotida muzlatilgan pullarning qolgan qismi taqdiri haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Gulnora Karimova so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘zbek xalqiga murojaat etgani xabar qilingan edi. Murojaat matnini uning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida e’lon qilgan. Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter