Shumanayda «qo‘shib yozish» aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda paxta hosiliga «qo‘shib yozish» holati aniqlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Shumanay paxta qabul qilish maskani» mansabdor shaxslari «J» fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari 2.580 kg paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsada, yuk xatlari va «ECAS» elektron dasturiga soxta ma’lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 mln. so‘m bo‘lgan 5.940 kg. paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «Shumanay paxta qabul qilish maskani» mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter