Shuhratbek Abdurahmonov tuzalib chiqishi bilan bayramni boshlab yubordi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Toshkentda davolanib qaytishi tumanlarda bir guruh keksa otaxon-onaxonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayramini uyushtirdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oltinko‘l tumanida bir guruh keksa, piru-badavlat otaxon va onaxonlarga ehtirom ko‘rsatilib, ular uchun bayram dasturxoni tashkil etilgan. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlagan.
Bugun Xo‘jaobod tumanidagi nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida katta bayram tadbiri tashkil etilgan.
Shuningdek, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Baliqchi tumanidagi «Uchbuloq» ziyoratgohida hududdagi keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlar bilan ham uchrashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter